Photoshop'ni o'rganish shartmi: Adobe rahbarlari nima deydi
Sun'iy intellekt barchasini soniyalarda bajarayotgan bir paytda Photoshop'ni o'rganishga yillar sarflash shartmi? Adobe rahbarlari javob berdi.

Yaqinda Mayamida bo'lib o'tgan Adobe MAX konferensiyasida e'lon qilingan yangiliklarning aksariyati sun'iy intellekt texnologiyalariga bag'ishlandi. Ushbu yangiliklar fonida ijodkorlar orasida inson mehnati va ijodiga bo'lgan ehtiyoj yo'qolib ketishidan xavotirlar paydo bo'ldi. XDA nashri jurnalisti Adobe kompaniyasining uch nafar yuqori martabali rahbari bilan uchrashib, sun'iy intellekt davrida professional dasturlarni o'rganish hali ham muhimligini muhokama qildi.
- Adobe MAX konferensiyasidagi asosiy e'tibor sun'iy intellekt va Firefly imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.
- Jurnalist Adobe kompaniyasining uch nafar yetakchi direktori bilan intervyu uyushtirdi.
- Zamonaviy neyrotarmoqlar bir necha soniyada obyektlarni o'chirish va fonni o'zgartirish vazifalarini bajara oladi.
- Rahbarlarning fikricha, sun'iy intellekt va an'anaviy tahrirlash ko'nikmalari bir-birini mukammal to'ldirishi mumkin.
Zorana Gining fikri: sun'iy intellekt va vaqtni tejash
Adobe kompaniyasining Creative Agents bo'yicha katta direktori Zorana Gi o'z tajribasidan kelib chiqib, sun'iy intellekt ish jarayonini qanday o'zgartirayotganini tushuntirdi. U professional suratini o'zgartirish uchun Photoshop'da qo'lda ishlash o'rniga uni Firefly'ga yuklagan va atigi 20 soniyada kerakli natijani olgan. Uning ta'kidlashicha, bunday ishni qo'lda bajarish malakali mutaxassisdan ham taxminan ikki soat vaqt talab qilgan bo'lardi.
Shunga qaramay, u an'anaviy tahrirlash ko'nikmalari butunligicha keraksiz bo'lib qoladi, deb hisoblamaydi. Sun'iy intellekt foydalanuvchini kerakli natijaning 75 foizigacha olib borishi mumkin, ammo detallar ustida mukammal ishlash uchun Photoshop kabi professional dasturlarning chuqur imkoniyatlari hali ham zarur. Ushbu ikki yondashuv birgalikda ishlatilsa, eng yaxshi natija beradi.
Shuningdek o‘qingAdobe Max 2026: Firefly sun'iy intellekti fonda ishlashni o'rganmoqdaMeg Donovanning yondashuvi: asosiy bilimlar nima uchun muhim
Ijodkorlar va generativ sun'iy intellekt bo'yicha mahsulot marketingi katta direktori Meg Donovanning fikricha, professional ijodkorlar fundamental bilimlarni o'rganishda davom etishlari maqsadga muvofiqdir. Kompozitsiya, yorug'lik va tahrirlash asoslarini tushunish sun'iy intellektga to'g'ri va aniq buyruqlar berishga hamda yakuniy natijani tasavvur qilishga yordam beradi.
Meg Adobe tadqiqotlariga tayanib, ijodkorlarning qariyb 34 foizi montajni bilmagani uchun video ishlarini qo'ldan boy berganiga ishontishini aytdi. Shu bilan birga, hatto montajni biladiganlar ham bu jarayonni eng zerikarli yumushlardan biri deb bilishadi. Sun'iy intellekt ana shunday texnik to'siqlarni olib tashlab, g'oyasi bor lekin vaqti yo'q insonlarga ijod qilish erkinligini beradi.
Mutaxassislar va biznes uchun bu nimani anglatadi
Adobe rahbarlarining fikrlari shuni ko'rsatadiki, professional dasturlarning murakkab interfeysini yillar davomida o'rganish endilikda majburiy talab bo'lmay qolmoqda. Sun'iy intellekt texnik qiyinchiliklarni o'z zimmasiga olib, ijod qilishni istagan barcha uchun eshiklarni ochmoqda. Shu bilan birге, mukammal aniqlik va nazoratni xohlovchilar uchun an'anaviy vositalarni bilish hamon katta ustunlik bo'lib qolmoqda.
Manba: XDA



