Palo Alto Networks Clutch стартаpini 500 million dollarga sotib olmoqda
Palo Alto Networks sun'iy intellekt agentlari xavfsizligini ta'minlovchi Clutch Security стартаpini 500 million dollarga sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Киберхавфсизлик гиганти Palo Alto Networks kompaniyasi Sun'iy intellekt agentlarining korporativ tizimlarga kirishini himoya qiluvchi Clutch Security стартаpini naqd 500 million dollar va qo'shimcha bonuslar evaziga sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Manbalarga ko'ra, tomonlar bitim shartlarini muhokama qilmoqda.
- Clutch Security 2025-yil yanvar oyida 85 million dollarga baholangan edi.
- Starapning yillik doimiy daromadi 10 million dollarga yaqinlashmoqda.
- Bitim yakunlansa, bu Palo Alto Networks'ning joriy yildagi yettinchi xaridiga aylanadi.
Moliyaviy ko'rsatkichlar va baholash
Atigi uch yillik tarixga ega bo'lgan Clutch стартаpi joriy yilning yanvar oyida Lightspeed va SignalFire rahbarligida A seriyali 20 million dollar sarmoya jalb qilgan edi. O'shanda kompaniya 85 million dollarga baholangandi. Hozirda yillik doimiy daromadining 10 million dollarga yaqinlashayotgani hisobga olinsa, 500 million dollarlik taklif yillik daromaddan 50 baravar yuqori ekanini bildiradi, bu esa zamonaviy dasturiy ta'minot bozorida odatiy holatga aylanib bormoqda.
Palo Alto Networks strategiyasi
Shuningdek o‘qingOpenAI suniy intellekti Linux yadrosidagi 948 ta zaiflikni aniqladiAgar ushbu bitim rasman tasdiqlansa, u PitchBook ma'lumotlariga ko'ra, Palo Alto Networks uchun joriy yildagi yettinchi yirik xarid bo'ladi. Kompaniya ichki ishlanmalarga vaqt sarflash o'rniga tayyor innovatsiyalarni sotib olish strategiyasini tanlagan. Sun'iy intellekt yordamida amalga oshirilayotgan kiberhujumlar soni oshib borayotgani sababli bu kabi xaridlar hajmi keskin oshdi.
Joriy yilda kompaniya Console, Embrace, Chronosphere va Koi kabi bir qator istiqbolli startaplarni ham o'z tarkibiga qo'shib olgan edi. Masalan, IT yordam xizmatlarini avtomatlashtiruvchi Console ham 500 million dollarga baholanib sotib olingandi. Bu kiberxavfsizlik bozorida raqobat naqadar keskinlashganini ko'rsatadi.
Bozordagi umumiy tendensiyalar
AI agentlari va ularning kirish huquqlarini boshqarish yo'nalishidagi startaplar hozirda investorlarning asosiy nishoniga aylangan. Masalan, Cyera kompaniyasi shunga o'xshash Oasis Security startapini 1 milliard dollarga sotib olgan bo'lsa, Cisco kompaniyasi Astrix loyihasini taxminan 400 million dollarga o'znik qildi. Bu kabi xaridlar texnologiya bozorida SI xavfsizligi ustuvor yo'nalish ekanini tasdiqlaydi.
Manba: TechCrunch



